Jahon banki:Turkiya boshqa davlatlarga qaraganda koronavirusni yana ham tezkor nazorat ostiga oldi

Jahon bankining Turkiya bo’yicha iqtisodiy kuzatish hisobotining avgust oyiga doir ma’lumotlarini “Yelkanlarni boshqarish” nomi bilan e’lon qildi.

1471246
Jahon banki:Turkiya boshqa davlatlarga qaraganda koronavirusni yana ham tezkor nazorat ostiga oldi

 

Jahon banki Turkiya boshqa davlatlarga qaraganda koronavirusni yana ham tezkor nazorat ostiga olganligini ma’lum qildi.

Jahon bankining Turkiya bo’yicha iqtisodiy kuzatish hisobotining avgust oyiga doir ma’lumotlarini “Yelkanlarni boshqarish” nomi bilan e’lon qildi.

Mazkur hisobotda dolzarb iqtisodiy o’zgarishlar va Turkiyadagi iqtisodiy talablarga doir analizlar o’rin olgan.

“Boshlang’ichda COVID-19 pandemiyasining tarqalish darajasi to’satdan tezkor ortishiga qaramay, Turkiya boshqa mamlakatlarga qaraganda virusning keng tarqalishini va uning salbiy oqibatlarini yana ham tezkor nazorat ostiga olganligi kuzatilmoqda”,-deyiladi Jahon banki hisobotida.

Jahon bankining Turkiya bo’yicha mas’ul rahbari Auguste Kouame mavzuga doir shunday dedi: “Pandemiyaga qarshi olib borilgan tezkor va keng ko’lamli siyosat epidemiyaning eng salbiy oqibatlarini yengillatishga yordam berdi”.

 


Tanlangan kalimalar: #COVID-19 , #Turkiya , #Jahon banki

Aloqador xabarlar