Yevroosiyo kun tartibi 20 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Turkiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan temir yo‘li transporti hamkorligi haqida so‘z qilamiz.

1417348
Yevroosiyo kun tartibi 20 - qism

Aprel oyining ikkinchi yarmida Turkiyadan Markaziy Osiyo respublikalariga temir yo‘li orqali ikkita yuk poyezdi yuborildi. Bu yuk poyezdlari Turkistonning markaziga ketishi jihatidan muhim edi.

2020 - yilning 18 - aprelida 82 konteynerdan iborat 940 metrlik yuk poyezdi Turkiyaning Kars viloyatidan O‘zbekistonga qarab yo‘l oldi. Navbat bilan Gruziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekistonga uchragan ushbu poyezd, ushbu yo‘nalishda ko‘p miqdordagi turk tovarlarini tashigan birinchi poyezd bo‘lish xususiyatiga ega edi.

Oradan 12 kun o‘tib ya’ni 30 - aprelda esa Turkiyaning Bilejik viloyatiga qarashli Bo‘zuyuk tumanidan Qirg‘izistonning O‘sh shahriga 30 vagon va 60 konteynerdan iborat va alyuminiy elektr simini tashigan poyezd jo‘nadi. Bu poyezdning o‘ziga xos xususiyati shundaki, Turkiyadan bir vaqtning o‘zida eng uzoq masofaga (5500 km) ketgan birinchi eksport poyezdidir.

Bularga qo‘shimcha tariqasida, huddi o‘sha kuni Turk Kengashiga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlarning transport vazirlari videokonferentsiya orqali yig‘ilish o‘tkazdilar. Transport sohasidagi muammolarni bartaraf etishga bag‘ishlangan ushbu yig‘ilishda Turk kengashi transportni muvofiqlashtirish qo‘mitasi nomi bilan ishchi guruh tuzishga qaror qilindi.

2020 - yilning 6 - mayi kuni Turk kengashiga a’zo va kuzatuvchi davlatlar iqtisodiyot vazirlari videokonferentsiya yig‘ilishini o‘tkazdilar. Majlisda tashkilotga a’zo davlatlarning bojxona rahbarlari ham ishtirok etishdi va tomonlar o’rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini tuzishga kelishib oldilar. Uchrashuvda, shuningdek, O‘rta koridorda multimodal transportni rivojlantirish va Boku – Tbilisi - Kars temir yo‘lidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

So‘nggi oylarda dunyoni qamrab olgan pandemiya havo va avtomobil yo‘li transportida uzilishlarga yo‘l ochdi. Shuning uchun ham davlatlar temir yo‘l transportiga e’tibor bera boshladilar. Turkiya ko‘p yillardan beri Sharq va G‘arb o‘rtasida tranzit mamlakat bo‘lish maqsadida Markaziy Yo‘lak yo‘lini rivojlantirmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi temir yo‘l transporti pandemiya davrida jonlandi. Zarur infratuzilma ishlari amalga oshirilgani bois Turkiya pandemiya to‘sig‘ini temir yo‘llari yordamida yengib o‘tishni bildi. Pandemiya va uning ta‘siriga qarshi kurash bosh bo‘lish bilan birga Turkiya ishlab chiqargan mahsulotlar Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilina boshladi.

Ushbu yuklar mintaqaga Kaspiy orqali yetkazib beriladi. Ushbu marshrutdan yanada samarali foydalanish uchun Kaspiy dengizi atrofida temir yo‘l tarmog‘ini qurish o‘rinli investitsiya bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki ob - havo sharoiti tufayli Kaspiydagi Ro - Ro reyslari ba’zan to‘xtab qolishi mumkin. Muqobil temir yo‘l tarmog‘ining qurilishi esa Kaspiy dengizida yukning tushirish – yuklash muammosini bartaraf qiladi shuningdek, Kaspiy va uning atroflarini ifloslanishini kamaytiradi. Turkiya - Turkiston temir yo‘lining jonlanishi, keyingi bosqichlarda bu marshrutning Xitoy va Janubiy Osiyo davlatlarini Yevropaga bog‘laydigan eng qisqa yo‘l bo‘lishini ta’minlaydi.

 

 



Aloqador xabarlar