Turkiyada qishloq-xo’jalik mahsulotlari eksporti 2.9 foiz oshdi

Turkiya eksportchilar majlisidan olingan ma’lumotga ko’ra, Turkiyaning qishloq-xo’jalik mahsulotlari eksporti koronavirus epidemiyasi tarqalishiga qaramay, yuqori ko’rsatgichga erishdi.

1412784
Turkiyada qishloq-xo’jalik mahsulotlari eksporti 2.9 foiz oshdi

 

Turkiyada qishloq-xo’jalik mahsulotlari eksporti joriy yilning dastlabki choragida 2019 yilning ayni davriga nisbatan 2.9 foiz ortish ko’rsatdi.

Turkiya eksportchilar majlisidan olingan ma’lumotga ko’ra, Turkiyaning qishloq-xo’jalik mahsulotlari eksporti koronavirus epidemiyasi tarqalishiga qaramay, yuqori ko’rsatgichga erishdi. Shu yilning yanvar va aprel oylarida asosan findiq (turk yong’og’i) va findiq mahsulotlari eksportida katta ortish kuzatildi. Mahsulot eksporti o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 32.6 foizga oshib, 754.3 mln dollarni tashkil qildi.

Bundan tashqari, meva-sabzavot mahsulotlari eksportida 21.6 foizlik ortish kuzatildi. Bundan tushgan daromad 756.3 mln dollarni tashkil qildi. Shuningdek, g’alla, don mahsulotlari, yog’li urug’lar va ulardan olingan mahsulotlar eksporti esa 4.1 foiz oshib, 2.4 mlrd dollarni tashkil qildi.


Tanlangan kalimalar: #eksport , #mahsulot , #qishloq-xo'jalik , #Turkiya

Aloqador xabarlar