AQSh koronavirusga qarshi kurashdagi yordami uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi

Turkiyaning yordami Amerika Qo‘shma Shtatlariga yetib bordi.

1407611
AQSh koronavirusga qarshi kurashdagi yordami uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi

Turkiyaning yordami Amerika Qo‘shma Shtatlariga yetib bordi.

Turkiya tomonidan koronavirusdan eng ko‘p azob chekayotgan davlatlardan biri AQShga insonparvarlik yordami tariqasida tibbiy buyumlar yuborilar ekan ularni tashigan harbiy yuk tashuvchi uchoq poytaxt Vashingtondagi Joint Base Andrews harbiy aeroportiga borib qondi.

Turkiyadan kecha ertalab ko‘tarilgan A 400M rusumidagi katta yuk tashuvchi uchoq AQShga tibbiy niqob, yuz himoya qalqoni, N95 modelidagi respirator niqoblar va kombinezondan iborat ko‘plab koronavirusdan himoya qiluvchi buyum olib bordi.

Turk Qurolli kuchlariga oid A 400M rusumidagi yuk tashuvchi uchoqlari bugungacha Italiya, Ispaniya, Makedoniya, Chernogoriya, Serbiya, Bosniya va Gertsegovina, Kosova, Britaniya va Somaliga insonparvarlik yordami tariqasida tibbiy buyumlar tashigandi.

Turkiyaning pandemiyaga qarshi kurash asosida butun imkoni bilan yordam qo‘lini cho‘zgan davlatlar soni 56 ta bo‘ldi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chsvusho‘g‘lu ijtimoiy tarmoq Twitter hisobidan bu haqida qoldirgan postida, Turkiyaning dunyodagi eng ko‘p yordam bergan davlatlardan biri ekanligini shu qatorda, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi kurash asosida eng ko‘p tibbiy yordam ko‘rsatgan uchinchi davlat deb qayd etilishini bildirdi.

AQSh Davlat kotibi Mike Pompeo ham ijtimoiy tarmoq hisobi Twitter orqali bergan bayonotida, Covid - 19 ga qarshi kurash uchun bergan tibbiy yordami uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi va,

“AQSh xalqi do‘stligingiz, sherikligingiz va yordamingiz uchun sizga minnatdor” degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar