O’tgan yili Turkiyadan Xitoyga 5 mln tonna marmar eksport qilindi

Afyonkarahisar savdo palatasi ma’lumotlariga ko’ra, 2019 yili Turkiyadan xorij davlatlarga 113 mln 750 ming dollarlik marmar eksport qilindi.

1256183
O’tgan yili Turkiyadan Xitoyga 5 mln tonna marmar eksport qilindi

 

O’tgan yili Turkiyadan Xitoyga 5 mln tonna marmar yuborildi.

Marmarchilikda 3000 yildan ko’proq o’tmishga ega bo’lgan Afyonkarahisarning Injehisar tumanida 500ga yaqin zavodda ishlab chiqarilgan marmarlar Xitoy, Hindiston, AQSh, Iroq, Fransiya, BAA va Saudiya Arabistoni bilan bir qatorda, jami 120 davlatga eksport qilinmoqda.

Afyonkarahisar savdo palatasi ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yili Turkiyadan xorij davlatlarga 109 mln 250 ming dollarlik, 2019 yili esa 113 mln 750 ming dollarlik marmar eksport qilindi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #eksport , #marmar , #Turkiya

Aloqador xabarlar