AQSh Moliya vazirligi Eron TIV Javad Zarifni sanksiya ro’yhatiga kiritdi

AQShning Moliya Vazirligi qoshidagi xorijiy aktivlarni nazorat qilish bo’yicha boshqarmasi (OFAC) tomonidan berilgan bayonotda, Eronning diniy lideri Oyatulloh Ali Hamaney nomidan faoliyat olib borganligi tufayli Zarifning sanksiya ro’yhatiga kiritilganli

1246154
AQSh Moliya vazirligi Eron TIV Javad Zarifni sanksiya ro’yhatiga kiritdi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Moliya vazirligi Eron Tashqi ishlar vaziri Javad Zarifni sanksiya ro’yhatiga kiritdi.

Vazirlikning xorijiy aktivlarni nazorat qilish bo’yicha boshqarmasi (OFAC) tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Eronning diniy lideri Oyatulloh Ali Xamaney nomidan faoliyat olib borganligi tufayli Zarifning sanksiya ro’yhatiga kiritilganligi qayd etildi.

Bayonotda shuningdek AQSh Davlat rahbari Donald Trump tomonidan avval sanksiya ro’yhatiga kiritilgan Hamaney nomidan ish olib borgan kishi va tashkilotlarning, sanksiya ro’yhatiga kiritilishi mumkinligiga e’tibor qaratildi.

Mavzu haqida ommaviy axborot vositasi vakillariga bayonot bergan va nomining yashirin qolishini talab qilgan oliy darajali rasmiylardan biri esa Zarifni, “Eron rejimining dunyodagi yagona voizi” degan so’zlar bilan ifoda etar ekan ayni vaqtda, Hamaneyning “ma’nosiz kun tartibini targ’ib qilishga uringanligi” uchun sanksiya ro’yhatiga kiritilganligini qayd etdi.

AQSh Davlat rahbari Trump, Xamaneyni ham o’z ichiga olgan holda Eronga nisbatan yangi sanksiyalar kiritgan qarornomga shu yilning 24-iyuni kuni qo’l qo’ygandi.

Eron tomonidan AQShga oid uchuvchisiz havo vositasining tushirilishi ortidan sankiya kiritmaslikning imkonsiz ekanligini ifoda etgan Trump, “Eron yoki dunyoning boshqa davlati bilan urushish niyatimiz yo’q lekin Eronning yadroviy qurolga ega bo’lishiga aslo ruxsat berolmaymiz” degandi.

Bu haqida Twitter orqali bayonot bergan Zarif esa, bu vaziyatdan bezovta emasligini belgilab o’tgan holda,

“Sanksiyalarning, Erondan boshqa dunyoning hech qaysi davlatida mol-mulkim yoki munosabatim yo’qligi tufayli mening yoki oilam ustida umuman ta’siri yo’qdir. Kun tartibingizda meni katta tahdid sifatida qo’lga olganingiz uchun sizga minnatdorchilik bildiraman” degan ifodalarga o’rin berdi.

 



Aloqador xabarlar