Turkiyaning Malatya viloyatidan 33910 tonna quritilgan o’rik mahsuloti eksport qilindi

Bundan tushgan daromad 84 mln 710 ming 900 dollarni tashkil qildi.

1195312
Turkiyaning Malatya viloyatidan 33910 tonna quritilgan o’rik mahsuloti eksport qilindi

 

Joriy yilning dastlabki to'rt oyida Turkiyaning Malatya viloyatidan 33 ming 910 tonna quritilgan o’rik mahsuloti eksport qilindi. Bundan tushgan daromad 84 mln 710 ming 900 dollarni tashkil qildi.

Malatya savdo birjasidan olingan ma’lumotga ko’ra, dunyoda quritilgan o’rik (turshak) mahsulotlarining 85%i ishlab chiqarilgan Malatyada mahsulotni xorij mamlakatlarga eksportida ortish kuzatildi.

Turkiyada shu yilning aprel oyida Malatyadan 8310 tonna qiritilgan o’rik mahsuloti eksport qilindi. Bundan 20 mln 710 ming 900 dollar daromad qo’lga kiritildi.

Eslatish joizki, o’tgan yilning dastlabki to’rt oyida 29 ming 868 tonna tonna quritilgan o’rik mahsuloti eksport qilingandi. Bundan 85 mln 933 ming 507 dollar daromad olingandi.

Natijada, eksport miqdori o’tgan yilning ayni mavsumiga nisbatan 4042 tonna ortish ko’rsatdi.

 



Aloqador xabarlar