Xitoy, orbitaga aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi yangi sun’iy yo’ldosh ucirdi

Xitoy, “ChinaSat-6C” deb nomlangan aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi sun’iy yo’ldoshni orbitaga ucirdi.

1160372
Xitoy, orbitaga aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi yangi sun’iy yo’ldosh ucirdi

Xitoy, “ChinaSat-6C” deb nomlangan aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi sun’iy yo’ldoshni orbitaga ucirdi.

“Shinxua” davlat axborot agentligining qayd etishicha Xitoy kosmik texnologiyalar akademiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “ChinaSat-6C” aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi sun’iy yo’ldosh mamlakatdagi “Shichang” nomidagi sun’iy yo’ldosh uchirish markazidan yuborildi.

Orbitaga “Long March -3B” raketasi bilan birgalikda uchirilgan sun’iy yo’ldosh televizor va radiolarga yuqori sifatda aloqa xizmatilari taqdim etadi.

“ChinaSat-6C” Xitoy, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Tinch okeani mintaqasidagi orollarni o’z ichiga oladi.   

Kosmik tarmoqda olib borgan tadqiqotlari orqali e’tiborlarni o’ziga jalb etgan Xitoy tarixda birinchi marotaba, oyning qorong’u yuziga qongan davlat bo’lgan edi. Xitoy kelasi yili Marsga, 2029-yili esa Yupiterga kashfiyot missiyasi yuborishni rejalashtirmoqda.



Aloqador xabarlar