AQSh Turkiyani savdo imtiyozlaridan mahrum qilmoqchi...

“Narx imtiyozlari tizimiga (GTS) muvofiq Turkiyani savdo imtiyozlari oluvchi rivojlanayotgan davlat sifatidagi maqomini bekor qilmoqchiman",-dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.

1157037
AQSh Turkiyani savdo imtiyozlaridan mahrum qilmoqchi...

 

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiyani Narx imtiyozlari tizimidan (GTS) chiqarish istagini ma’lum qildi.

Narx imtiyozlari tizimi rivojlanayotgan davlatlarga berilgan imtiyoz bo’lib, ba’zi tovarlarning AQShga boj solig’isiz kirishiga imkon yaratadi.

Tramp bunga sabab sifatida Turkiyani iqtisodi rivojlangan davlat sifatida ko’rsatdi.

Prezident Tramp tomonidan kongressga yo’llangan bu haqdagi maktub Oq uy tomonidan e’lon qilindi.

Maktubda 1974 yilda qabul qilingan Savdo qonunining 502- moddasi (2)-(2)-bandlari ilova qilindi.

“Narx imtiyozlari tizimiga (GTS) muvofiq Turkiyani savdo imtiyozlari oluvchi rivojlanayotgan davlat sifatidagi maqomini bekor qilmoqchiligimni ma'lum qilaman”,- deb yozadi Donald Tramp kongressga yo‘llagan maktubida. 

“Turkiyaning iqtisodiy vaziyatini ko’zda tutgan holda shuni aytmoqchimanki, Turkiya endilikda Narx imtiyozlari tizimidan (GTS) foydalangan davlatlar ro’yxatidan chiqarilishi kerak. Shu sababli, bunday qarorga keldim. Kambag’alchilikning kamayganligi, kishi boshiga tushgan yillik milliy hosila va savdo-sotiq qilgan mamlakatlar bilan Turkiya o’rtasidagi importning ortishi va Turkiyadagi sektorlar rivojlangan tijoratning isbotidir. Bunga qo’shimcha sifatida shu aytish joizki, Turkiya rivojlangan iqtisodiyoti natijasida va o’zaro tuzgan bitimlari bilan boshqa rivojlangan davlatlarga tenglashgan. Boshqa davlatlarning Narx imtiyozlari tizimidan (GTS) ham o’zib ketdi”,-dedi Donald Tramp.

Shu bilan birga, AQSh Turkiya bilan belgilangan qonun asosida savdo-iqtisodiy munosabatlarini davom ettirishini qayd etdi.

Shuningdek, Tramp GTS doirasida Hindiston bilan ham imtiyozlarni bekor qilmoqchi.

Hindiston oxirgi yillarda Narx imtiyozlari tizimidan (GTS) eng samarali foydalangan davlatlardan biri bo’lib hisoblanadi.

AQSh rasmiy manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, 1974 yilda kuchga kirgan Narx imtiyozlari tizimi (GTS) 131 nafar rivojlanayotgan davlatga jami 3474 xil tovarni AQSh bozoriga boj solig’isiz olib kirish imkoniyatini beradi.

Ya’ni, bu tizim rivojlanayotgan davlatlar uchun bir tomonlama savdo imtiyozlari berilishini ko‘zda tutadi.

Ushbu davlatlar orasida Turkiya ham bor.

Mutahassislarning fikricha, Trampning bu qarori Turkiya tovarlarining AQShga eksportini qiyinlashtirishi mumkin. 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Narx imtiyozlari tizimi , #GTS

Aloqador xabarlar