2018 yili Turkiyaga 46 mlndan ortiq sayyoh keldi

Turkiya madaniyat va turizm vazirligi ma’lumotiga ko’ra, Turkiyaga 2018 yilda eng ko’p sayyoh Rossiyadan kelgan.

1136495
2018 yili Turkiyaga 46 mlndan ortiq sayyoh keldi

2018 yili Turkiyaga kelgan sayyohlar soni 46 mln 112 ming 592 nafarni tashkil qildi.

Turkiya madaniyat va turizm vazirligi ma’lum qilishicha, Turkiya 2018 yili 39 mln 488 ming 401 nafar xorijlik sayyohga mezbonlik qildi. Bu esa, 2017 yilga nisbatan 21.84 foiz ortish kuzatildi demakdir. Xorij mamlakatlarda yashagan 6 mlndan ziyod turkning vataniga sayohat qilishi bilan bu raqam 46 mlndan oshdi.

Turkiya madaniyat va turizm vazirligi ma’lumotiga ko’ra, Turkiyaga 2018 yilda eng ko’p sayyoh Rossiyadan kelgan. Ya’ni, o’tgan yili Rossiyadan Turkiyaga 5 mln 964 ming 613 nafar sayyoh kelgan.

Shu bilan birga, 2018 yili Germaniyadan Turkiyaga 4 mln 512 ming 360 nafar, Bolgariyadan esa 2 mln 386 ming 855 nafar sayyoh kelgan.

Dekabr oyida chegaradan kirish-chiqish statistik raqamlariga ko’ra, Turkiyaga o’tgan yili dekabr oyida kelgan xorijliklar soni bir yil oldingiga nisbatan 14.49 foizga oshdi. Bu 1 mln 950 ming 705 nafarni tashkil qiladi.

Turkiyaga 2018 yili eng ko’p sayyoh yuborgan davlatlar Bolgariya, Rossiya, Germaniya, Gruziya va Eron bo’ldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #sayyoh , #Rossiya

Aloqador xabarlar