Joriy yilda Turkiyadan 20 mamlakatga hamsi balig’i eksport qilindi

Turkiyadan 2018 yilning sentyabr-noyabr oylarida 20 davlatga jami 527 ming 25 kg hamsi balig’i eksport qilingan. Bundan tushgan daromad 2 mln 373 ming 356 dollarni tashkil qiladi.

1111260
Joriy yilda Turkiyadan 20 mamlakatga hamsi balig’i eksport qilindi

Joriy yilning sentyabr-noyabr oylarida Turkiyadan Fransiya, Belgiya, Amerika Qo’shma Shtatlari va boshqa 20 mamlakatga hamsi balig’i eksport qilindi.

Sharqiy Qoradengiz eksportchilar uyushmasi ma’lumotlariga ko’ra, Turkiyadan 2018 yilning sentyabr-noyabr oylarida 20 davlatga jami 527 ming 25 kg hamsi balig’i eksport qilingan. Bundan tushgan daromad 2 mln 373 ming 356 dollarni tashkil qiladi.

Turkiyadan hamsi balig’i eksport qilingan davlatlar ro’yxatida Fransiya birinchi o’rinda, Belgiya ikkinchi o’rinda, Amerika Qo’shma Shtatlari esa uchinchi o’rinda turadi.

Fransiya hamsi balig’i eksportidan 877 ming dollar, Belgiyaga eksportdan 637 ming dollar, Amerika Qo’shma Shtatlariga hamsi eksportidan 313 ming dollar mablag’ qo’lga kiritildi.

Sharqiy Qoradengizdan bu mavsumda Germaniya va Amerika Qo’shma Shtatlariga 77 ming dollarlik hamsi eksport qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #hamsi balig'i , #Fransiya , #eksport

Aloqador xabarlar