“Shimoliy oqim-2” loyihasi asosida 200 kilometrlik quvir o’rnatildi

Rossiyaning tabiiy gazini Baltika dengizi orqali Germaniyaga yetkazib berishi rejalashtirilgan “Shimoliy oqim-2” loyihasi asosida 200 kilometrlik quvir o’rnatildi.

1083387

Loyihani yo’lga qo’yuvchi “Nord Stream 2” kompaniyasi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra qariyb 20 ta kema orqali “Shimoliy oqim 2” loyihasi uchun Baltika dengizidagi quvir o’rnatish faoliyatlari davom etmoqda. 

Eng muhimi mazkur faoliyatlarning qurilish ishlari uchun ajratilgan vaqt davomida olib borilayotganligini eslatgan kompaniya,

“Loyiha doirasida Baltika dengizida 200 kilometrlik quvir o’rnatildi. Faoliyatlar berilgan ruxsat asosida bajarilmoqda” degan ifodalarga o’rin berdi. 

Qariyb 10 milliard AQSh dollariga tamomlanishi kutilgan “Shimoliy oqim-2” loyihasi orqali 1 yilda 55 milliard metr kublik rus gazining Baltika dengizi orqali Germaniyaga yetkazib berilishi kutilmoqda.

Gazprom o’tgan yili Yevropaga 194.4 milliard metr kub tabiiy gaz eksport qilar ekan ularning 30 foizi Ukraina orqali yetkazib berilgan edi.

Aloqador xabarlar