Yunonistonda ishsizlik nisbati pasaydi

Hozirda mamlakatda ishsizlar soni 897 mingni tashkil qilmoqda. Ishsizlar soni asosan 15 va 24 yosh oralig’idagi fuqarolarda ko’pchilikni tashkil qiladi.

1066789
Yunonistonda ishsizlik nisbati pasaydi

Yunonistonda ishsizlik 2011 yilning avgust oyidan beri eng quyi ko’rsatgichga erishgan holda, 19%ga pasaydi.

Yunoniston statistika tashkiloti bu haqda ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, hozirda mamlakatda ishsizlik nisbati joriy yilning iyul oyida avvalgi oyga nisbatan pasayish ko’rsatdi.

Hozirda mamlakatda ishsizlar soni 897 mingni tashkil qilmoqda. Ishsizlar soni asosan 15 va 24 yosh oralig’idagi fuqarolarda ko’pchilikni tashkil qiladi.

15 va 24 yosh oralig’idagi yoshlar orasida ishsizlik nisbati iyulda 37.9%ga pasaydi.

Yunonistonda hukumat ishsizlik nisbatini joriy yil 18.4%ga, kelgusi yil esa, 18.2%ga pasaytirishni maqsad qilmoqda.

Mamlakatda ishsizlik nisbati 28% ga yaqinlashgan 2013 yildan buyon bosqichma-bosqich pasaygan bo’lishiga qaramay, hozirda evro hududidagi ishsizlik eng yuqori bo’lgan mamlakatlardan biri bo’lib kelmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Yunoniston , #ishsizlik nisbati

Aloqador xabarlar