Sinop atom elektr stansiyasining qurilishi uchun kerakli faoliyatlar boshlatildi

Turkiyaning ikkinchi atom elektr stansiyasi hisoblanadigan Sinop atom elektr stansiyasining qurilishini boshlatish uchun kerakli faoliyatlar boshlatildi.

888474
Sinop atom elektr stansiyasining qurilishi uchun kerakli faoliyatlar boshlatildi

Turkiyaning ikkinchi atom elektr stansiyasi hisoblanadigan Sinop atom elektr stansiyasining qurilishini boshlatish uchun kerakli faoliyatlar boshlatildi.

Turkiyaning eng shimoliy nuqtasida, Qora dengiz bo’yida o’rin olgan Sinop yarim orolining shimoli-g’arbida joylashgan Injeburun tumanida tabiiy o’rmon bo’lmagan maydonda qurilishi rejalashtirilgan stansiyaning, Atrof-muhitga ta’sirini baholash haqidagi hujjatlari Atrof-muhitni muhofaza qilish va shahar qurilishi ishlari vazirligiga topshirildi.

Ushbu hujjat ko’rib chiqilganidan keyin tashkil topiladigan tadqiqot va baholash ishlari komissiyasi a’zolariga taqdim etilar ekan ayni vaqtda xalq fikriga ham quloq solinadi.

Fikrlar va takliflarga binoan Atrof-muhitni muhofaza qilish va shahar qurilishi ishlari vazirligi tomonidan Atrof-muhitga ta’sirini baholash haqidagi hujjatlar hisoboti maxsus formatda tayyorlanib, tasdiqi uchun taqdim etiladi.

Hisobotning tasdiqlanishi, “loyihada o’rin olgan ekologik tadbirlar yetarli darajada olindi” degan ma’noni anglatadi.

Qurilish faoliyatlarining boshlatilishi uchun shuningdek, Turkiya Atom energiyasi agentligidan yer va qurilish litsenziyasi ham olinadi.

Atrof-muhitga ta’sirini baholash haqidagi hujjatlar hisoboti investitsiyachiga javobgarchilik yuklaydi va loyihaning qurilish jarayonini Atrof-muhitni muhofaza qilish va shahar qurilishi ishlari vaziriligi tomonidan kuzatib borilishiga imkon beradi.

Loyiha asosidagi faoliyatlar, yadro xavfsizligi bo’yicha dunyoning butun davlatida qabul qilingan printsip va standartlar doirasida sinchkovlik bilan olib boriladi.

 

 



Aloqador xabarlar