TIKA, G’azoda qurilgan 320 xonadonli turar-joy binosini o’z egalariga topshirdi

Turk Hamkorlik va koordinatsiya agentligi (TIKA) tomonidan G’azoda qurilgan 320 xonadonli turar-joy binosi falastinliklarga topshirildi.

865594
TIKA, G’azoda qurilgan 320 xonadonli turar-joy binosini o’z egalariga topshirdi

Turk Hamkorlik va koordinatsiya agentligi tomonidan G’azoda qurilgan 320 ta uy falastinliklarga topshirildi.

Falastin Hukumati Jamoat ishlari va uy-joy qurilishi vaziri Mufid Hasan, ochqich topshirish uchun G’azoda uyushtirilgan tadbirda so’zlagan nutqida, TIKA tomonidan qurilgan uylarning Davlat rahbari Muhmud Abbosning buyrug’i bilan Isroilning 2014-yildagi hujumi oqibatida uy-joysiz qolgan kam ta’minlangan falastinlik oilalarga topshirilganligini qayd etdi.

Mintaqadagi kam ta’minlangan oilalar uchun yangi uy-joylarning qurilishi haqidagi tilaklarini yetkazgan Mufid Hasan,

“TIKA bosh bo’lish bilan birga Turkiyaning Falastin xalqiga ko’rsatgan yordamidan minnatdormiz” deya gapirdi.

Mufid Hasan nutqi ortidan falastinlik yuzlab oilaga yangi uylarning ochqichlarini topshirdi.

Aytib o’tish joizki G’azoning janubidagi Vodiy G’azo qishlog’ida qurilishi tamomlangan 320 ta uy, shartnoma orqali o’tgan haftaning chorshanba kuni Falastin Hukumati Jamoat ishlari va uy-joy qurilishi vazirligiga topshirilgan edi.  

TIKA, Isroil tomonidan G’azoga qarshi 2014-yili uyushtirilgan hujum oqibatida uy-joysiz qolgan oilalar uchun 20 gektarlik yer uchastkasiga, 20 blokdan iborat va har bir blokda 16 ta kvartira o’rin olgan bitta loyiha tayyorlagan edi.   

Har bir kvartiraning hajmi 100 kvadrat metrlik deya rejalashtirilgan 320 ta kvartira qariyb 2 ming 250 kishiga mo’ljallangan.

 



Aloqador xabarlar