Turkiyada elektrli va gibrid avtomobillar sotish soni kun o'tgan sayin ortib bormoqda

Turkiya Elektrli va gibrid avtomobillar platformasi ma’lumotiga ko’ra bu yil Turkiyada, elektrli va gibrid avtomobillar sotish soni o'tgan yilga nisbatan yana-da ortgan.

767269
Turkiyada elektrli va gibrid avtomobillar sotish soni kun o'tgan sayin ortib bormoqda

Turkiya Elektrli va gibrid avtomobillar platformasi ma’lumotiga ko’ra Turkiyada bu yilning birinchi 6 oyi mobaynida 33 tasi elektrli, 1 380 tasi gibrid bo’lish bilan birga ushbu kategoriyada jami 1 413 ta mashina sotildi.

O’tgan yilning shu davrida elektrli mashina sotish raqami 35, gibrid mashina sotish esa 293 deya qayd etilgan edi.

O’tgan yilning birinchi 6 oyligida 328 ta deya qayd etilgan jami elektrli va gibrid mashina sotishi, bu yilning shu davrida 1 413 taga yetdi. Bu yilning birinchi 6 oyi bilan 2016-yilning shu davri solishtirilganida, sotishdagi ortish 330. 79 foizga chiqdi.

Turkiya Elektrli va gibrid avtomobillar platformasi asoschisi Berkan Bayram, Turk avtomobil foydalanuvchisining gibrid rusumiga qarshi qiziqishining ortganligini eslatib, yilning oxirigacha gibrid avtomobil sotishlarining yana-da ortgan ravishda davom etajagini bildirdi.

Berkan Bayram, 

Turkiyadagi avtomobil foydalanuvchisining bundan buyon atrof-muhit tozaligiga yana-da katta e’tibor bera boshlaganligini va shu bois ham atrof-muhitni kirlatmagan rusumdagi avtomobillarni tanlay boshlaganligidan minnatdor ekanligini qayd etdi. 

 

 



Aloqador xabarlar