Turkiya, avtomobil eksportida bu yil rekord o’rnatdi

Turkiyaning jami eksport hajmining 18.8 foizi bilan eng yirik ulushiga ega bo’lgan avtomobil tarmog’i, bu yilning birinchi yarmini muvaffaqiyatli ravishda tamomladi.

762889
Turkiya, avtomobil eksportida bu yil rekord o’rnatdi

Turkiya eksportchilar assambleyasidan olingan ma’lumotga ko’ra mamlakatdagi avtomobil tarmog’i 2016-yilning yanvar-iyun oylarida 11 milliard 734 million 74 ming AQSh dollarini tashkil etgan eksportini bu yil o’tgan yilning shu davriga nisbatan 22.4 foizga orttirib, 14 milliard 359 million 485 ming AQSh dollariga yetkazdi.  

Turkiyaning jami eksport hajmining 18.8 foizi bilan eng yirik ulushiga ega bo’lgan avtomobil tarmog’i, bu yilning birinchi yarmini ham muvaffaqiyatli ravishda tamomladi.

O’tgan yilning iyun oyida esa avtomobil eksporti hajmini 2 milliard 147 million 765 ming AQSh dollariga yetkazgan avtomobil sanoati bu yil o’tgan yilning shu davriga nisbatan avtomobil eksporti hajmini 16.4 foizga orttirib, 2 milliard 500 million 45 ming AQSh dollariga chiqardi.

Turkiyaning avtomobil tarmog’i eng ko’p Yevropa ittifoqi tarkibidagi mamlakatlarga avtomobil eksport qilgan. Aniqroq qilib aytganda Turkiya avtomobil tarmog’i eng ko’p eksport qilgan birinchi 10 mamlakatning 9 tasiga Yevropa ittifoqi tarmog’idagi mamlakatlar kiritilgan.  

 

 



Aloqador xabarlar