Turkiya va Yevropa Ittifoqi bojxona ittifoqi bitimini yangilamoqchi...

Turkiya va Yevropa Ittifoqi bojxona ittifoqi bitimini qaytatdan shakllantirish xususida kelishib oldi.

758948
Turkiya va Yevropa Ittifoqi bojxona ittifoqi bitimini yangilamoqchi...

Turkiya va Yevropa Ittifoqi bojxona ittifoqi bitimini qaytatdan shakllantirish xususida kelishib oldi.

Bu haqda Turkiya Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi ma’lum qiladi.

“Kuzda Ankarada bojxona ittifoqi bitimini qayta ko’zdan kechirib, imzolashga qaratilgan rasmiy muzokaralar o’tkazilishi kutilmoqda”,-deydi Nihat Zeybekchi.

Aytib o’tish joizki, Nihat Zeybekchi kuni kecha bu masala yuzasidan Belgiyaning poytaxti Brusselda bo’ldi.

U Brusselda Yevropa Ittifoqi komissiyasining tijoratdan mas’ul a’zosi Sesilia Malmstrem va Komissiya raisi o’rinbosari, ayni paytda ish bilan ta’minlash, taraqqiyot, investitsiya va raqobatdan mas’ul a’zosi Jyrki Katainen bilan uchrashdi.

Zeybekchi uchrashuvdan so’ng, bojxona ittifoqi bitimini yangilash oldida hech qanday kamchilik qolmaganini ma’lum qildi.

Qolaversa, Nihat Zeybekchi Belgiya hukumati vakillari bilan ikki davlat o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo’yicha fikr almashdi.

 



Aloqador xabarlar