Dunyo miqyosida ayollar, erkaklarga qaraganda kam ish haqi olmoqda

Bu haqida, Xalqaro Mehnat Tashkiloti ma'lumot tarqatdi.

446707
Dunyo miqyosida ayollar, erkaklarga qaraganda kam ish haqi olmoqda

Butun jahon miqyosida ishlagan ayollar, erkaklarga qaraganda kam ish haqi olmoqdalar. Aniqroq qilib aytganda ayollar, erkaklar olgan ish haqining to'rtdan bir bo'laginigina olmoqdalar.

Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kunida e'lon qilingan hisobatga ko'ra, ish bilan ta'minlash mavzusida gender tengsizlikning davom etganligi ma'lum bo'ldi.

Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan Shveytsariyaning Jeneva shahrida e'lon qilingan hisobatda, ayollarga, ish bozorida katta nohaqlik qilinayotganligiga e'tibor qaratildi.

Ushbu hisobatga ko'ra oxirgi 20 yil ichida ta'lim sohasida ayol va erkaklarning teng huquqliligi e'tiborga olinsa da, ish hayotida bunga e'tibor berilmaganligi aniqlandi.

Yana huddi mana shu hisobatga ko'ra 1995-yildan beri, ayol va erkaklar o'rtasidagi ish haqi tengsizligi faqatgina 6 foizga kamaytirildi.

Tashkilot, ayollar va erkaklar o'rtasidagi ish haqi tengsizligini hal qilish uchun yana kamida 70 yildan ortiqroq vaqtga ehtiyoj borligiga ham e'tibor qaratdi.

Hisobatda, bu tengsizlikning faqatgina ishlaganlarning ta'lim darajasi yoki yoshidagi farqlilik bilan aytib bo'lmasligi ifodalandi.



Aloqador xabarlar