"Katta yigirmatalik"ning Moliya vazirlari Istanbulda uchrashdi

“Katta yigirmatalik”, “G-20” yoki “Yigirmalik guruh”-norasmiy tashkilot bo’lib, iqtisodiyoti taraqqiy etgan va rivojlangan mamlakatlarni o’zida birlashtiradi.

388612
"Katta yigirmatalik"ning Moliya vazirlari Istanbulda uchrashdi

Iqtisodiyoti taraqqiy etgan davlatlarni o’z ichiga oluvchi “Katta yigirmalik” (G20) davlatlarining Moliya vazirlari, davriy rahbari Turkiyaning mezbonligida, Istanbulda yig'ildilar.

Butun jahon iqtisodiyotining 80 foizini boshqarayotgan vazirlar, barqaror rivojlanish bosh bo’lish bilan birga bir necha mavzuni muhokama qilish uchun yig’ilish o’tkazmoqdalar.

Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, yig’ilishda chiqish qilar ekan Turk iqtisodiyotining oxirgi yillardagi taraqqiyotini real iqtisodiyotdagi o’sish va ish bilan ta’minlash orqali ta’minlaganligini aytdi.

“Mustahkam va barqaror o’sish faqatgina investitsiya, savdo va real iqtisodiyotdagi ish bilan ta’minlashlar orqaligina qo’lga kiritilishi mumkin” degan Zeybekchi, global inqirozni ham baholadi.

Zeybekchi, global tijoriy o’sish tezligining haligacha inqirozdan avvalgi nuqtaga yetmaganligini aytdi.

Shu bilan birga yig’ilishdan avval Singapur va Turkiya o’rtasida Erkin savdo kelishuvi mavzusida muhim qadam tashlandi.

Ikki mamlakat, uchrashuvlar yakunlanganida tegishli matnlarga imzo chekildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar