Yunonistondan iqtisodiy islohot bo'yicha yangi taklif...

Qarz bergan davlatlarni moliyaviy yordamga ko’ndirishga harakat qilgan Yunoniston iqtisodiy islohot bo’yicha yangi taklif kiritdi.

315298
Yunonistondan iqtisodiy islohot bo'yicha yangi taklif...

Evro hududi moliya vazirlari Brusselda Yunoniston masalasi bo’yicha to’plandi.
Qarz bergan davlatlarni moliyaviy yordamga ko’ndirishga harakat qilgan Yunoniston, iqtisodiy islohot bo’yicha yangi taklif kiritdi.
Muzokaralardan ijobiy natija olinganini bildirgan Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk evro hududi moliya vazirlarining chorshanba kuni takror to’planishini ma’lum qildi.
Payshanba kuni o’tkaziladigan yig’ilish oldidan moliya vazirlarining yana ham aniq natijaga erishishi kutilmoqda.
Germaniya Bosh vaziri Angela Merkelning fikricha, Yunoniston yaqin kunlarda qarzining katta qismini to’lashga majbur emas.
Fransiya Prezidenti Hollande esa, Yunonistonning evro hududidan chiqishi tarafdori emas.
Qolaversa, Yunonistonda hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda.
Yevropa Ittifoqidan ajralishni xohlamagan muholifatdagi Yangi demokratiya partiyasi tarafdori bo’lgan minglab namoyishchi hukumatni qoraladi.
Politsiya xodimlari bilan namoyishchilar o’rtasida otishma ro’y berdi, ko’plab namoyishchi qo’lga olindi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar