Turkiya, bir oy ichida, 95 ming 21 dona uy sotdi

Ularning 369 donasi esa xorijliklarga sotilgan.

279171
Turkiya, bir oy ichida, 95 ming 21 dona uy sotdi

Turkiya Statistika tashkiloti (TUİK) 2015-yil fevral oyi holatiga ko’ra uy-joy sotish hisobatini e’lon qildi.

Atalgan hisobatga ko’ra o’tgan yilga qaraganda bu yil fevral oyida uy-joy sotishlari 15 foizga o’sgan.

Sotilgan uylardan 40 ming 662 donasi yangi uylarni tashkil etar ekan 54 ming 359 donasi ikkinchi qo’l mollardan deb hisoblangan eski uylardan iborat.

Turkiya boylab uy-joy sotish bo’yicha İstanbul birinchi o’rinni (17 ming 690) egallar ekan Anqara ikkinchi o’rinni (11 ming 63) egalladi. Uchunchi o’ringa esa İzmir (5 ming 850) ega bo’lar ekan jami 95 ming 21 dona uyning 369 donasi chet elliklarga sotilgan.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar