İndoneziyada 2 million ishchi ish tashlash e’lon qildi

Namoyishlarga qatnashgan 10 mingdan ziyod ishchi oylik ish haqlari oshirilishini va shartnoma bilan ishlagan xodimlarning qayta ishga olinishini talab qildi.

162836
İndoneziyada 2 million ishchi ish tashlash e’lon qildi

İndoneziyada 2 million ishchi namoyish o’tkazdi.
İshchi uyushmalar konfederatsiyasining chaqiruvi bilan mamlakat miqyosida tahminan 2 million ishchi ish tashlash e’lon qildi.
Avtobuslarda poytaxt Jakartaga kelgan ishchilar Jakarta xokimiyati oldida to’plandi va hukumatga norozichiligini ifoda etdilar.
Namoyishlarga qatnashgan 10 mingdan ziyod ishchi oylik ish haqlari oshirilishini va shartnoma bilan ishlagan xodimlarning qayta ishga olinishini talab qildi.
İshchilarning namoyishi Jakarta ko’chalaridagi transport qatnoviga halaqit berdi.
Namoyish sababli poytaxt Jakartada 17 ming 300 nafar politsiya xodimi xavfsizlik nazoratini kuchaytirdi.
Shahar markazida esa, ba’zi yo’llarda xavfsizlik sababli transport qatnovi to’xtatildi.
İndoneziyada o’tgan yili ham ish tashlash e’lon qilingan edi, so’ngra hukumat ishchi oyliklarini 44% oshirgan edi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar