AQShda Falastinni qo'llab-quvvatlagan namoyishchilar hibsga olinmoqda

Amerika Qo'shma Shtatlarida (AQSh) universitet kampuslarida Falastinni qo'llab-quvvatlash namoyishlarida 2 hafta ichida kamida 2 ming kishi hibsga olindi.

2135026
AQShda Falastinni qo'llab-quvvatlagan namoyishchilar hibsga olinmoqda
abd ogrenci filistin gozaltisi.jpg
abd ogrenci filistin gozaltisi.jpg
abd ogrenci filistin gozaltisi.jpg

 

Amerika Qo'shma Shtatlarida (AQSh) universitet kampuslarida Falastinni qo'llab-quvvatlash namoyishlarida 2 hafta ichida kamida 2 ming kishi hibsga olindi.

O'nlab universitet kampuslarida, shu jumladan AQShning eng nufuzli oliy ta'lim muassasalarida,

Isroilning G’azoda tinch aholiga uyushtirgan hujumlariga 18 apreldan beri norozilik bildirilmoqda.

Bu namoyishlarda kamida 2 ming namoyishchi, jumladan, ko'plab o'qituvchilar va professorlar hibsga olingan.Butun mamlakat bo'ylab universitet shaharchalarida tashkil etilgan G'azo bilan birdamlik lagerlari universitet ma'muriyatining bosimi va politsiyaning qattiq aralashuvi bilan tarqatildi.

Kaliforniya shtatidagi universitet kampuslari so'nggi 24 soat ichida eng ko'p faollik kuzatilgan norozilik hududlari qatoriga kirdi.

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti (UCLA) talabalariga politsiyaning maxsus bo‘linmalari aralashganida “tartibsiz manzaralar” yuz berdi.

Shtat politsiyasi UCLAdagi politsiya reydida kamida 200 kishi hibsga olinganini va bu odamlar Los-Anjelesdagi qamoqxonada saqlanayotganini e'lon qildi.

Nyu-Xempshir, Shimoliy Arizona va Tulan universitetlarida norozilik lagerlari ham tarqatib yuborildi va talabalar hibsga olindi.

G'azo bilan birdamlik lagerlarining kashshofi bo'lgan Nyu-Yorkda,

 Kolumbiya universiteti, Siti kolleji, Stony Bruk, Buffalo va Fordxem universitetlaridagi norozilik namoyishlaridan so‘ng faollar politsiyaning qattiq aralashuvi bilan tarqatib yuborildi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Namoyish , #Universitet , #AQSh

Aloqador xabarlar