Rossiya boʻylab 10 ming 400 dan ortiq uy suv ostida qoldi

Ural tog‘laridan ko‘tarilib, Kaspiy dengiziga quyiladigan Ural daryosi juma kuni qor erishi tufayli bir necha soat ichida bir necha metrga ko‘tarilib, poytaxt Moskvadan 1800 km sharqda joylashgan Orsk shahridagi to‘g‘onni buzib ketgan.

2126024
Rossiya boʻylab 10 ming 400 dan ortiq uy suv ostida qoldi

 

Rossiya boʻylab 10 ming 400 dan ortiq uy suv ostida qolgan.

Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, tez erishayotgan qor Yevropaning eng yirik daryolaridan toshib ketishi natijasida Rossiya bo‘ylab 10 400 dan ortiq uy suv ostida qolgan.

Ural tog‘laridan ko‘tarilib, Kaspiy dengiziga quyiladigan Ural daryosi juma kuni qor erishi tufayli bir necha soat ichida bir necha metrga ko‘tarilib, poytaxt Moskvadan 1800 km sharqda joylashgan Orsk shahridagi to‘g‘onni buzib ketgan.

Rossiyaning Sibir, Volga va markaziy hududlarida suv toshqinlari bo'lgani ma'lum qilindi.

“39 ta hududda 10 400 dan ortiq uy suv ostida qoldi”, — deyiladi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya

Aloqador xabarlar