Finlyandiya Rossiya bilan chegarani yopishga qaror qildi

Finlyandiya hukumati Rossiya bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktining yopilishini “keyingi ogohlantirishgacha” uzaytirdi.

2125059
Finlyandiya Rossiya bilan chegarani yopishga qaror qildi

 

Finlyandiya hukumati Rossiya bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktining yopilishini “keyingi ogohlantirishgacha” uzaytirdi. 

Qayd etilishicha, ushbu taklifni mamlakat Ichki ishlar vazirligi bildirgan.

Vazirlik bu zaruriyatni Rossiya Finlyandiyaga qarshi “yo‘lboshchili migratsiya”dan foydalanishda davom etayotgani bilan izohlagan.

Ilgari chegara yopilishi har safar ikki oyga uzaytirilardi. Bunday oxirgi muddat 14 aprelda tugashi kerak edi.

Finlyandiya 2023 yil noyabrida Rossiya Federatsiyasidan Yevropa davlatiga kirishga urinayotgan migrantlar soni keskin oshgani sababli Rossiya bilan chegarasini yopgan edi.

Qayd etish kerakki, Finlyandiya Rossiya rasmiylari migrantlarni chegaraga tartibli ravishda yuborish orqali ataylab inqiroz yaratgan, deb hisoblaydi.

Rossiya Federatsiyasi esa ayblovlarni rad etadi, biroq nega yuzlab muhojirlar to‘satdan Rossiya chegarasi hududida paydo bo‘lganiga muqobil tushuntirish berilmaydi.

Rossiya va Finlyandiya o‘rtasida jami to‘qqizta quruqlikdagi chegara o‘tish punktlari mavjud bo‘lib, ular butunlay yopiq.

Hatto Finlyandiya fuqarolari ham ular orqali o‘z mamlakatiga kirish huquqiga ega emas.

Xelsinki Moskvaning "gibrid operatsiyasi" deb ta'riflagan tartibsiz immigrantlar tufayli ikki davlat o'rtasida bir necha hafta davom etgan keskinlikdan so'ng Finlyandiya 2023 yil 28 noyabrda Rossiya bilan butun chegarasini vaqtincha yopib qo'yganini e'lon qilgandi.

Fevral oyidagi bayonotida Finlyandiya chegara yopilishi 14 aprelgacha davom etishini e'lon qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Finlyandiya

Aloqador xabarlar