Isroilda Netanyaxu siyosatiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

O‘n minglab isroilliklar Bosh vazir Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi hukumat siyosatiga norozilik bildirish uchun yana ko‘chalarga chiqdi.

2124063
Isroilda Netanyaxu siyosatiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

 

Isroilda Bosh vazir Binyamin Netanyaxu siyosatiga qarshi namoyishlar kundan kunga ortib bormoqda.

O‘n minglab isroilliklar Bosh vazir Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi hukumat siyosatiga norozilik bildirish uchun yana ko‘chalarga chiqdi. Qayd etilishicha, namoyish asosan Quddusdagi parlament binosi – Knesset yaqinida bo‘lib o‘tgan.

Namoyishchilar oliy sud organi va parlament binosi hududini to‘sib qo‘ydi va hukumatni iste’foga chaqirdi.

Namoyishchilar o‘z ovozlarini Netanyaxuga yetkazish uchun Bosh vazir qarorgohi tomon yo‘l oldi.

Bosh vazirlik qarorgohi oldiga bormoqchi bo‘lgan bir guruh namoyishchilar bilan politsiya o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi.

Barrikadalarni yengishga uringan namoyishchilarga politsiya qattiq qarshilik ko'rsatdi.

Namoyish bo'layotgan ko'chalarga o'tkir hidli kimyoviy suyuqliklar sepildi.

O‘rnatilgan politsiya va tartibsizlikni nazorat qilish mashinalari ham qarorgohga olib boruvchi ko‘chalarni to‘sib qo‘ygan.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Binyamin Netanyaxu

Aloqador xabarlar