Azezda terror hujumi uyushtirildi

Suriyaning Azez tumanida terror hujumi uyushtirildi.

2122596
Azezda terror hujumi uyushtirildi

Suriya shimolidagi Azez tumanida oldindan avtomobilga joylashtirib qo‘yilgan bombaning portlatilishi oqibatida 4 kishi hayotdan ko‘z yumdi va 20 kishi tan jarohati oldi.

Turkiyaning Kilis viloyati ro‘parasida, muxolifat nazoratidagi Azez tumanidagi gavjum ko‘chada avtomobilga joylashtirib qo‘yilgan bomba portlatildi.

Ilk aniqlashlarga ko‘ra mazkur voqeada tinch aholidan 4 kishi halok bo‘ldi va 20 kishi tan jarohati oldi.

Hujum ortidan atrofda xavfsizlik choralari kuchaytirilar ekan, tan jarohati olganlar Azezdagi shifoxonaga olib ketildi.

Voqea yuz bergan nuqtada tekshiruv ishlari yuritgan mahalliy xavfsizlik kuchlari, hujum ustidan tergov ishlari boshlatdi.

Hujumni hozircha hech kim o‘z zimmasiga yoki bo‘yniga olmadi.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Azez , #terror hujum

Aloqador xabarlar