Rossiya 200dan ortiq amerikalikni “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Ro‘yxatda AQSHning Rossiyadagi sobiq elchi Jon Sallivan ham bor edi.

2115847
Rossiya 200dan ortiq amerikalikni “qora ro‘yxat”ga kiritdi

 

Rossiya Federatsiyasi “Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyatining rusofobik kursiga aloqador bo‘lgan” yana 227 nafar AQSH fuqarosini mamlakatga kiritmaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

TIVning aniqlik kiritishicha, bu qaror Amerika rasmiylari tomonidan “Kremlni va maxsus harbiy operatsiyani qo‘llab-quvvatlaganliklari” uchun Rossiya fuqarolariga nisbatan ommaviy ravishda joriy qilingan tobora kengayib borayotgan sanksiyalarga javob choralari doirasida qabul qilingan.

Moskvaning “qora ro‘yxati”ga tushgan AQSH fuqarolariga ham Rossiyaga kirish taqiqlangan. Aniqlik kiritilishicha, gap ijro hokimiyati, ishbilarmon doiralar, ommaviy axborot vositalari va ilmiy doiralardagi aniq shaxslar haqida ketmoqda.

Ro‘yxatda AQSHning Rossiyadagi sobiq elchi Jon Sallivan ham bor edi. U 2020 yildan 2022 yilgacha ushbu lavozimda ishlagan. Shuningdek, AQSHning Yevropadagi armiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari, Lockheed Martin kompaniyasi prezidenti va FQBning ikki maxsus agenti ham “qora ro‘yxat”ga tushgan.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Rossiya

Aloqador xabarlar