Gʻazoda yana ikki nafar bola ochlikdan jon berdi

Qariyb 5 oydan beri Isroil tomonidan hujum uyushtirilgan va yordam tashabbuslari monelik qilingani uchun katta insoniy falokat qayd etilayotgan Gʻazo sektorining shimolidagi “Kemal Advan” kasalxonasida yana ikki nafar bola ochlikdan hayotdan koʻz yumdi.

2110245
Gʻazoda yana ikki nafar bola ochlikdan jon berdi
gazze aclik.jpg
gazze aclik cocuk bebek.jpg

Isroil hujumlari ostidagi Gʻazoda yana ikki nafar bola ochlikdan jon berdi.

Qariyb 5 oydan beri Isroil tomonidan hujum uyushtirilgan va yordam tashabbuslari monelik qilingani uchun katta insoniy falokat qayd etilayotgan Gʻazo sektorining shimolidagi “Kemal Advan” kasalxonasida yana ikki nafar bola ochlikdan hayotdan koʻz yumdi.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida G‘azoda berilgan bayonotda, Isroil moneligi tufayli insonparvarlik yordami yetkazib berilmagan Gʻazo sektori shimolida va Gʻazo shahrida ochlikdan olgan bolalar soni 15 nafarga yetgani qayd etildi.

Yana 6 nafar bola ochlikdan oʻlishi mumkinligi ustidan ogohlantirilgan bayonotda:

“Ishgʻolchi Isroil, Gʻazo xalqiga qarshi yangi urush boshlatdi. U ham boʻlsa ochlikka maruz qoldirishdir. Isroilning och qoldirish urushi oqibatida oʻlimlar ayniqsa bolalar orasida ortmoqda va qayta jonlantirish boʻlimida oʻlim xavfi ostida koʻplab bola bor”. – dedi.

Isroil armiyasi tomonidan 149 kundan beri tinch aholiga oid turar joy punkti, shifoxona, maktab va oʻz uy – joyidan mahrum boʻlgan falastinliklar jon saqlagan boshpanalarni ham nishonga olgan hujumlarni davom ettirishdan tashqari insonparvarlik yordam tashabbuslariga monelik qilingani tufayli qariyb 2.3 million aholiga ega Gʻazo sektorida buyuk insoniy falokat yuz bermoqda.

Isroil armiyasining hujumlarida hayotdan koʻz yumgan falastinliklar soni 30 ming nafardan, tan jarohati olganlar soni 70 ming nafardan oshgani hamda vayronalar ostida minglab kishi bedarak yoʻqolgani aytilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Gʻazo , #Isroil hujumlari

Aloqador xabarlar