Ukraina turk harbiy samolyotini sotib olishni rejalashtirmoqda

Ukrainaning Anqaradagi elchisi Vasil Bodnar, Mamlakati Kaan 5-avlod turk jangovar samolyotlari dvigatelining rivojlanishiga hissa qo'shganligini va kelajakda bu samolyotlarni sotib olishni rejalashtirganligini aytdi.

2103292

Bodnar turk telekanaliga bergan bayonotida:

“Ukrainalik mutaxassislar Kaan turk milliy jangovar samolyotining dvigatelini ishlab chiqish loyihasi ustida ishlamoqda.

  Bu yangilik emas dvigatel ishlab chiqarish sohasida bir nechta tajribali kompaniyalarimiz bor. ' dedi.

Ukraina elchisi Bodnar, Turk jangovar samolyotining AQSh tomonidan ishlab chiqilgan F-35 va F-22 samolyotlari bilan raqobat qilishini aytdi.

  Uning aytishicha, Ukraina Kaan samolyotlarini sotib olishni va ulardan faol foydalanishni rejalashtirmoqda.

Turkiyada 2017 yilda boshlangan Milliy jangovar samolyotlar dasturi doirasida,

Kaan samolyoti 2028 yilda ishlab chiqilib, ommaviy ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

Turkiya ma’muriyati, Kaan samolyotining ba’zi xususiyatlarida F-35’dan ilg’or bo’lishini va kelajakda Turk Havo Kuchlarida Amerika F-16’larining o’rnini egallashini bildirdi.

Aloqador xabarlar