AQSh Isroil hujumlari bo'yicha tergov operatsiyasini boshladi

Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat departamenti Isroilning G'azo sektorida o'nlab tinch aholining hayotiga zomin bo'lgan havo hujumlari va Livanda oq fosforni qo'llagani haqidagi da'volarni tekshirmoqda.

2102702

Wall Street Journal gazetasining AQSh rasmiylariga tayanib yozishicha, tergov AQShning Isroilga bergan qurollari tinch aholini o‘ldirish uchun ishlatilganmi yoki yo‘qmi bularni aniqlashdan iborat.

Xabarga ko'ra, rasmiylar 31 oktyabr kuni Jibaliye qochqinlar lageriga uyushtirilgan va 125 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo'lgan havo hujumini tergov qilmoqda.

Tergovchilar hujumda Isroilning AQSh tomonidan yetkazib berilgan taxminan 907 kilogramm bombani qo'llagan bo'lishidan gumon qilmoqda.

Hisobot haqidagi savolga javoban Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller vazirlik Fuqarolik qurbonlariga javob berish bo'yicha qo'llanma jarayoni orqali inson huquqlarining buzilishi va tinch aholiga zarar yetkazilgan hodisalar haqidagi hisobotlarni ko'rib chiqayotganini tasdiqladi.

Miller tergov ostida bo'lishi mumkin bo'lgan voqealar haqida ma'lumot bermadi.

Tanlangan kalimalar: #Isroil , #AQSh

Aloqador xabarlar