Yaponiyadagi yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni ortdi

Yanvar oyining ilk haftasida Yaponiyada sodir bo‘lgan yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni 241 kishiga yetdi.

2102129
Yaponiyadagi yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni ortdi

Yaponiya g‘arbidagi Ishikava shahri bilan shu hududdagi Noto yarim oroli qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan yer silkinishlarida hayotdan ko‘z yumganlar soni 241 nafarga yetdi.

Ishikava shahri rasmiylari yanvar oyining ilk haftasida sodir bo‘lgan yer silkinishlari haqida bayonot berar ekan, unda jon berganlar sonining 241 nafarga yetganini bildirdi.

Bayonotda, qariyb 13 ming nafardan ortiq insonning haligacha evakuatsiya punktlarida jon saqlayotgani va bedarak yo‘qolgan 11 kishini esa qidirish ishlari davom etayotgani ifoda etildi.

Unda shuningdek qisman ziyon ko‘rgan va butunlay vayron boʻlgan binolar soni 65 mingtaga yetgan shtatda 31 mingdan ortiq uyda suv, 1500 dan ortiq uyda esa elektr energiyasi uzilgani ma’lum qilindi.

Markaziy hukumat qayta tiklash loyihalari doirasida ma’lum oilalarning har biriga 6 million yen (41 ming dollar) miqdorida yordam berishini bildirgandi.

Yaponiya meteorologiya agentligining xabar berishicha 1 - 5 yanvar kunlari Ishikava shahri bilan shu hududdagi Noto yarim oroli qirg‘oqlarida kamida 5, eng ko‘p 7 magnitudali ekani aniqlangan yer silkinishi sodir bo‘lgandi.

 

 



Aloqador xabarlar