Suriyaning Dayr az-Zor viloyatida AQSh armiyasi joylashgan bazaga raketa hujumi uyushtirildi

Suriyaning Dayr az-Zor viloyatida Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar AQSh armiyasi joylashgan bazaga raketa hujumi uyushtirdi.

2100378

Mahalliy manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Eron tomonidan qo'llab-quvvatlangan guruhlar, Deyr az-Zordagi Furot daryosining g'arbiy sohilida AQSh kuchlari joylashgan Koniko gaz inshootidagi bazaga raketalar bilan hujum qildi.

Hujum qilingan bazadan jabrlanganlar haqida ma'lumot olinmagan bo'lsa-da, AQSh hujum bo'yicha hozircha bayonot bergani yo'q.

AQSh armiyasining Hasaka va Derir az-Zordagi bazalari yil boshidan beri kelib chiqishi noma'lum bo'lgan raketalar va kamikadze uchuvchisiz uchish apparatlari bilan tez-tez nishonga olingan.

Furot daryosining sharqidagi Deyr az-Zor yerlari AQSh tomonidan qo'llab-quvvatlangan bo'lginchi terror tashkiloti PKK/YPG tomonidan ishg'ol qilindi. Viloyat markazi va boshqa qishloq hududlari Bashar Asad rejimi va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar nazoratida.

Tanlangan kalimalar: #Hujum , #baza , #AQSh , #Dayr az-Zor , #Suriya

Aloqador xabarlar