Isroilning G'azoga hujumlari davom etmoqda

Isroil armiyasining G'azo sektori janubidagi Rafah shahrida uyushtirgan hujumlarida kamida 14 nafar falastinlik hayotdan ko'z yumgani bildirildi.

2100387
Isroilning G'azoga hujumlari davom etmoqda

 

Isroil armiyasining G'azo sektori janubidagi Rafah shahrida uyushtirgan hujumlarida kamida 14 nafar falastinlik hayotdan ko'z yumgani bildirildi.

Falastinning WAFA axborot agentligiga ko‘ra, Isroil Rafah shimolidagi An-Nasr tumani va sharqdagi Al-Jenine tumanida tinch aholi istiqomat qilayotgan uylarni nishonga oldi. Nasrda kamida 11 falastinlik, Jeninada 3 nafar falastinlik halok bo'ldi.

Isroil kuchlari, Xon Yunisning sharqida ko'chirilgan falastinliklar boshpana topgan maktabga ham artilleriya hujumi uyushtirdi.

Maktabda yong'in sodir bo'lgan bir paytda, qurbonlar haqida ma'lumot berilmagan.

Isroilning G'azoga 7-oktabr kuni boshlagan hujumlarida halok bo'lganlar sonining 27 ming 947 nafarga etgani ma'lum qilindi.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hujum , #G'azo , #Isroil

Aloqador xabarlar