Isroil hujumlari oqibatida falastinlik yana 14 kishi halok bo‘ldi

Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlar oqibatida falastinlik yana 14 kishi halok bo‘ldi.

2099525
Isroil hujumlari oqibatida falastinlik yana 14 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azo sektorining markaziy va janubiy qismiga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida falastinlik yana 14 kishi halok bo‘ldi.

Falastinning WAFA rasmiy agentligi xabariga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari kecha G‘azo sektorining janubidagi Rafah shahri bilan markaziy qismidagi Dayr al - Balah mintaqasiga kechasi hujum uyushtirgan.

Mazkur havo hujumlarida aholi punktlarining nishonga olingani ifoda etilgan bayonotda, Isroil harbiy samolyotlarining Rafah shahrida 2 uyni bombalashi natijasida tinch aholidan 12 kishining hayotdan ko‘z yumgani va ko‘pchilikning tan jarohati olgani bildirildi.

Xabarda, Isroil armiyasining Dayr al - Balah mintaqasiga qarshi uyushtirgan hujumlarida ham falastinlik tinch aholidan 2 kishining halok bo‘lgani va kamida 10 kishining tan jarohati olganiga e’tibor qaratildi.

Isroilning G‘azo sektoriga qarshi o‘tgan yilning 7 - oktabridan beri uyushtirgan hujumlari oqibatida falastinlik 27 ming 708 kishi halok bo‘ldi, 67 ming 147 kishi esa tan jarohati oldi. Eng yomoni halok bo‘lganlardan 12 ming nafari yosh bola va 8 ming 190 nafari esa ayol kishi.

Bayonotda, vayronalar ostida yana minglab halok bo‘lganlar borligi, xalq jon saqlagan shifoxona va ta’lim muassasalari nishonga olinib tinch aholi infratuzilmasiga ziyon berilayotgani ta’kidlandi.

 



Aloqador xabarlar