Ukraina - Rossiya urushida 10 ming nafardan ortiq tinch aholi halok boʻldi

Rosemary DiCarlo, Lisichansk shahriga qarshi qoʻl urilgan va 28 kishining umriga zomin boʻlgan hujum ortidan Moskva yetakchiligi talabi bilan uyushtirilgan BMT Xavfsizlik kengashi yigʻilishida nutq soʻzladi.

2098922
Ukraina - Rossiya urushida 10 ming nafardan ortiq tinch aholi halok boʻldi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibining Siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Rosemary DiCarlo, Ukraina - Rossiya urushi boshlagan ilk kundan beri 10 ming 382 kishi halok boʻlgani va 19 ming 659 kishi tan jarohati olganini maʼlum qildi.

Rosemary DiCarlo 3 - fevral kuni Ukrainaning Luganks viloyatida, Rossiya nazoratidagi Lisichansk shahriga qarshi qoʻl urilgan va 28 kishining umriga zomin boʻlgan hujum ortidan Moskva yetakchiligi talabi bilan uyushtirilgan BMT Xavfsizlik kengashi yigʻilishida nutq soʻzladi.  

DiCarlo shu doirada urush boshlagan 2022 - yilning fevral oyidan beri BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissarligi (OHCHR) maʼlumotlariga koʻra Ukrainada 10 ming 382 kishi halok boʻlgani va 19 ming 659 kishi turli tan jarohati olganini ma’lum qildi. Bunga qoʻshimcha ravishda, halok boʻlganlardan 1285 nafarining yosh bola ekanini oʻz soʻziga ilova etdi.

Shuningdek DiCarlo, 3 – fevraldagi hujumni nazarda tutgan holda: “Nima boʻlishidan qat’iy nazar harbiy boʻlmagan tinch aholini nishonga olgan hujumlarning xalqaro huquq talablariga javob bermasligini yana bir bor ta’kidlamoqchiman.  Bularni qabul qilish imkonsiz va tezlik bilan toʻxtatilishi shart”. – deya gapirdi.

Taxminan 2 haftadan keyin bu urush uchunchi yiliga kirishini yodga solgan DiCarlo, millionlab ukrainalikning oʻz uy – joyini tark etishiga yoʻl ochgan Ukraina – Rossiya urushining qachon tugashi noma’lum ekanini ham qayd etdi.

 

 



Aloqador xabarlar