Pokistonda siyosiy partiyaning mitingida portlash sodir etildi

Portlash oqibatida 4 kishi halok bo'ldi, 5 kishi tan jarohati oldi.

2095527
Pokistonda siyosiy partiyaning mitingida portlash sodir etildi

 

Pokistonning Balujiston viloyatida siyosiy partiyaning mitingi paytida portlash sodir etildi.

Portlash oqibatida 4 kishi halok bo'ldi, 5 kishi tan jarohati oldi.

Balujiston viloyatining Sibi tumanida sobiq Bosh vazir Imron Xon aʼzo boʻlgan Pokiston Adolat Harakati partiyasining siyosiy mitingiga qarshi bombali hujum sodir etildi. 4 kishining hayotiga zomin bo’lgan portlash uchun javobgarlikni hech kim o'z zimmasiga olgani yo'q.

Pokistonning turli shaharlarida 8-fevral kuni bo'lib o'tadigan umumiy saylovlar oldidan terror hujumlari soni ortib bormoqda.

Kecha Belujiston viloyatining Mach shahriga raketa va avtomatik qurollar bilan hujum qilgan bo'lginchi Belujiston Ozodlik Armiyasiga aloqador jangarilardan 5 nafari yo’q qilingandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Pokiston

Aloqador xabarlar