Isroil hujumlari oqibatida falastinlik yana 156 kishi jon berdi

Isroil hujumlari oqibatida oxirgi 24 soat ichida falastinlik yana 156 kishi jon berdi.

2094320
Isroil hujumlari oqibatida falastinlik yana 156 kishi jon berdi

Isroilning 7 – oktabrdan beri Gʻazo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida hayotdan koʻz yumgan falastinliklar soni 26 ming 422 nafar, tan jarohati olganlar soni esa 65 ming 87 nafar deb qayt etildi.

Gʻazodagi Falastin Sogʻlikni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Isroil tomonidan Gʻazoga qarshi 114 kun oldin boshlagan va bugungi kunga kelib avj olgan hujumlar haqida ma’lumot berildi. Unda oxirgi 24 soatda falastinlik yana 156 kishining oʻldirilgani va 290 kishining turli tan jarohatlari olgani qayd etildi.

Hujumlar natijasida yuzaga kelgan vayronagarchilik tufayli koʻpchilikning haligacha vayronalar ostida qolgani, harbiy boʻlmagan va tibbiy tez yordam xodimlari ularga ulashishda qiyinchilikka duch kelayotgani ta’kidlandi.

Bayonotda Isroilning 7 – oktabrdan beri uyushtirgan hujumlarida hayotdan koʻz yumgan falastinliklar soni 26 ming 422 nafar, tan jarohati olganlar soni esa 65 ming 87 nafarga chiqqaniga e’tibor qaratildi.

Ayni paytda Gʻazo sektorining turli joylarida kuzatilgan noqulay ob – havo sharoiti, yuz minglab inson jon saqlayotgan chodir va boshpana markazlarida suv toshqiniga yoʻl ochdi.

Noqulay ob – havo sharoiti insonlarning ko‘rpa - to‘shak, qishki kiyim – kechak va pechka kabi isitish tizimlariga muhtoj boʻlgan bir paytda yashash sharoitini yanada qiyinlashtirdi.

Falastin harbiy boʻlmagan mudofaa voizi Muhammad Basal, soʻnggi kunlarda Gʻazoning turli shaharlarida chodir va uylarni suv bosgani haqida mingdan ortiq xabar olganliklariga e’tibor qaratdi.

Yomgʻir suvi nasoslarini ishga tushirish va qutqaruv vositalarini suv bosgan hududlarga tashish uchun yetarli miqdorda yoqilgʻi yoʻqligi harbiy boʻlmagan mudofaa xodimlari ishiga monelik qilayotganini ta’kidlagan Basal, oʻz uy – joyidan mahrum boʻlgan insonlarning oziq – ovqat tanqisligi va qimmat narxlar tufayli yashash sharoiti bilan tibbiy imkonlarining yomonlashayotgani hamda yuqumli kasalliklar yoyilishidan xavotirda ekanliklarini qayd etdi.



Aloqador xabarlar