Netanyahu HAMASning asir almashish bo'yicha taklifini rad etdi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu, HAMASning asir almashish taklifini rad etganini va "biz urushni barcha jabha va sektorlarda davom ettirmoqdamiz" dedi.

2091522
Netanyahu HAMASning asir almashish bo'yicha taklifini rad etdi

 

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu, HAMASning asir almashish taklifini rad etganini va "biz urushni barcha jabha va sektorlarda davom ettirmoqdamiz" dedi. 

Binyamin Netanyahu oʻz video bayonotida hozirgacha 110 nafar asirni qutqarganliklarini va ularning barchasini qutqarishga qaror qilganliklarini bildirdi.

Netanyaxuning ta'kidlashicha, Hamas mahbuslarni ozod qilish evaziga "urushni to'xtatish va Isroil qo'shinlarining G'azodan chiqib ketishini" talab qilmoqda.

Uning ta'kidlashicha, agar ular buni qabul qilsalar, "askarlar behuda o'lgan bo'lardi, fuqarolar xavfsizligini kafolatlab bo'lmaydi va yana 7 oktyabr faqat vaqt masalasi bo'ladi". dedi.

Netanyahu, "Har jabhada va sektorda urushni davom ettiramiz. Hech bir terroristga immunitet bermaymiz.

G'azoda ham, Livanda ham, Suriyada ham, boshqa joyda ham bo’lsa “bizga zarar yetkazmoqchi bo‘lgan har bir kishiga zarar beramiz”, dedi u.

Hamasning harbiy qanoti Izzaddin al-Qassam brigadalari Isroilga, “Falastinliklar va muqaddas qadriyatlar, xususan, Al-Aqsa masjidiga qarshi davom etayotgan buzilishlarga javob berish”, maqsadida 7 oktyabr kuni keng qamrovli hujum uyushtirildi va ko'plab isroilliklar asirga olingan edi.

24-noyabr kuni 4 kunga berilgan, keyinroq esa 3 kunga uzaytirilgan G'azodagi to'qnashuvda "insonparvarlik tanaffusi" paytida 81 nafar isroillik va 240 nafar falastinlik mahbus o'zaro ozod qilingan edi.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar