Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida qor ko‘chkisi sodir bo'ldi

Magistral yo‘lda qolib ketgan 54 ta mashina va 200 dan ortiq odam qutqarildi.

2089433
Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida qor ko‘chkisi sodir bo'ldi

 

Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida qor ko‘chkisi oqibatida mingga yaqin sayyoh turistik zonada qolib ketdi.

O‘tgan haftada 10 kundan beri kuchli qor yog‘ayotgan Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatining turli joylarida qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi.

Yo‘llarni qor tozalash vositalari tozalagach, magistral yo‘lda qolib ketgan 54 ta mashina va 200 dan ortiq odam qutqarildi.

Xemu sayyohlik zonasiga olib boruvchi yo‘lning yopilishi natijasida mahalliy aholi va mingdan ortiq sayyoh hududda qolib ketdi.

Xitoyning rasmiy axborot agentligi qishloqqa olib boradigan yo‘lning katta qismi tozalanganini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy

Aloqador xabarlar