Isroil hujumlari oqibatida yana 126 kishi jon berdi

Isroil hujumlari oqibatida oxirgi 24 soatda yana 126 kishi jon berdi.

2086445
Isroil hujumlari oqibatida yana 126 kishi jon berdi

Isroil blokadasi ostidagi G‘azo sektorida 7 - oktabrdan beri davom etayotgan hujumlar oqibatida oxirgi 24 soat ichida falastinlik yana 126 kishi jon berdi. Bu orqali 2023 – yilning 7 – oktabridan beri Isroil hujumlari oqibatida jon bergan falastinliklar soni 23 ming 210 nafarga yetdi.

G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, Isroilning G‘azo sektoriga qarshi 95 kundan beri davom etayotgan hujumlari haqida ma’lumot berildi.

Unda, Isroilning G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida oxirgi 24 soat ichida falastinlik yana 126 kishining o‘ldirilgani, 241 kishining tan jarohati olgani va tez yordam mashinasi bilan harbiy bo‘lmagan mudofaa xodimlari yetib bora olmagan vayronalar ostida ko‘plab insonlar qolib ketganiga e’tibor qaratildi.  

Isroil kuchlari oxirgi 24 soat ichida 12 marotaba qatliom uyushtirgani ifoda etilgan bayonotda,  7 - oktabrdan beri uyushtirilgan hujumlarda o‘ldirilgan falastinliklar soni 23 ming 210 nafarga, tan jarohati olganlar soni esa 59 ming 167 nafarga yetgani qayd etildi.



Aloqador xabarlar