AQSh Xitoy uchun josuslik qilgan harbiyni qamoq jazosiga hukm qildi

Amerika Qo'shma Shtatlarida dengiz floti askari Xitoyga "nozik harbiy razvedka ma'lumotlarini taqdim etish"da ayblanib, sudda 27 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.

2086067

AQSh Adliya vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, 26 yoshli Venheng Tomas Chjao pora evaziga Xitoy razvedkasiga maxfiy ma'lumotlarni taqdim etganlikda ayblangani ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, Chjao 27 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan va ozod etilganidan keyin ikki yil davomida nazorat ostida bo‘ladi.

AQSh harbiy-dengiz kuchlari zobiti Chjao 2021-yil avgustidan may oyigacha Xitoydan kelgan razvedka zobitiga dengiz flotining muhim harbiy maʼlumotlarini uzatish evaziga pora olganlikda ayblangan.

Ta'kidlanishicha, Chjao yuborgan ma'lumotlar AQShning Hind-Tinch okeanidagi harbiy mashg'ulotlari uchun operativ rejalarni o'z ichiga olgan.

Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #AQSh

Aloqador xabarlar