Isroil hujumlari oqibatida jon bergan falastinliklar soni ortdi

Hukumatning G‘azodagi matbuot xizmati tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, G‘azo sektorida Isroil tomonidan qo‘l urilgan hujum oqibatida qayd etilgan o‘lim va vayronagarchilik haqida ma’lumot berildi.

2081725
Isroil hujumlari oqibatida jon bergan falastinliklar soni ortdi

Isroil hujumlari boshlagan 7 – oktabrdan beri G‘azo sektorida falastinlik 8 ming 800 nafar yosh bola bilan 6 ming 300 nafar ayol kishi o‘ldirildi.

Hukumatning G‘azodagi matbuot xizmati tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, G‘azo sektorida Isroil tomonidan qo‘l urilgan hujum oqibatida qayd etilgan o‘lim va vayronagarchilik haqida ma’lumot berildi.

Unda Isroilning 7 - oktabrdan beri 21 ming 110 nafar falastinlik umriga zomin bo‘lgani, ulardan 8 ming 800 nafari yosh bola, 6 ming 300 nafari esa ayol kishi ekani; 55 ming 243 nafar falastinlik tan jarohat olgani bildirildi.

G‘azoda Isroil armiyasi hujumlari oqibatida falastinlik 7 ming kishi bedarak yo‘qolgani va ularning mazkur hujumlar oqibatida vayron bo‘lgan binolar ostida qolgan bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan bayonotda, ularning 70 foizi yosh bola va ayol kishilardan iboratligi ifoda etildi.

Bayonotda Isroil hujumlarida 311 nafar tibbiy xodim, 40 nafar harbiy bo‘lmagan mudofaa xodimi va 103 nafar jurnalist o‘ldirilganiga e’tibor qaratildi.

Xabar qilinishicha, Isroil kuchlari G‘azoda falastinlik 2 ming 600 nafardan ortiq insonni garovga olgan. Ulardan 8 nafari jurnalist, 40 nafar esa tibbiy xodim bo‘lgan.

Bayonotda shuningdek, 2,3 million aholiga ega bo‘lgan G‘azo sektoridagi 1,8 million falastinlik Isroil hujumlari tufayli o‘z uy - joyini tark etgani, ularning boshpana markazlarida og‘ir sharoitlarda yashayotgani va zudlik bilan yordamga muhtojligi ta’kidlandi.

Bayonotda Isroil armiyasining 126 davlat obyektini vayron qilgani, 285 maktab bilan universitetga ziyon yetkazgani, ulardan 92 tasi esa faoliyatdan chiqqani bildirildi.

Isroilning ibodat joylarini ham nishonga olganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, 115 ta jome’ masjidi yer bilan yakson qilingani va 200 ta jome’ masjidi qisman vayron bo‘lgani hamda 3 ta cherkovga zarba berilgani ifoda etildi.

Bayonotda Isroilning G‘azo sektorida 65 ming uyni butunlay, 290 ming uyni esa qisman vayron qilgani, jami 355 mingta uyga ziyon yetkazganiga e’tibor qaratildi.

Isroilning sog‘liqni saqlash tizimiga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatiga ham to‘xtalgan bayonotda, 23 ta shifoxona bilan 53 ta tibbiy markaz faoliyatdan chiqqani, 140 ta tibbiy muassasaning nishonga olingani, 102 ta tez yordam mashinasi yaroqsiz holga keltirilgani qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz:

Xamasning Qurolli qanoti Izzaddin al - Qassam brigadalari Isroilning falastinliklar bilan ularning muqaddas qadriyatlari, xususan, Al - Aqso jome’ masjidiga qarshi uzluksiz ziyon yetkazishiga javoban 7 - oktabr haftaning shanba kuni ertalab keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Isroil armiyasi ham G‘azo sektoriga qarshi havodan kuchli bomba tashlay boshladi.

Avj olgan taranglik yuzasidan har ikki tomonda ham minglab qurbonlar qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar