Isroil armiyasi G‘azo sektori janubidagi havo hujumlarida kamida 27 falastinlikni o‘ldirdi

Falastin rasmiy agentligi WAFA ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azo sektorining shimolidagi ba’zi hududlarga hamda janubdagi Xon Yunis va Rafah shaharlariga havodan zarbalar bergan.

2076586
Isroil armiyasi G‘azo sektori janubidagi havo hujumlarida kamida 27 falastinlikni o‘ldirdi

 

Isroil armiyasi G‘azo sektori janubidagi havo hujumlarida kamida 27 falastinlikni o‘ldirdi.

Falastin rasmiy agentligi WAFA ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azo sektorining shimolidagi ba’zi hududlarga hamda janubdagi Xon Yunis va Rafah shaharlariga havodan zarbalar bergan.

Isroil armiyasi Rafah shahrida Ashur va Abu Ziyo oilalarining uylariga uyushtirgan hujumlarda kamida 27 falastinlikni o'ldirdi.

Bundan tashqari, Isroil artilleriya bo‘linmalari G‘azo shahri sharqidagi Ed-DerJ va Et-Tuffah mahallalari va G‘azo sektori shimolidagi Jibaliya shaharchalarini bombardimon qildi.

Xamasning qurolli qanoti Izzaddin al-Qassam brigadalari

7 oktyabr kuni “Falastinliklar va muqaddas qadriyatlar, ayniqsa, Masjid-ul-Aqsaga qarshi davom etayotgan qonunbuzarliklarga javob berish” sababli Isroilga keng qamrovli hujum uyushtirdi.

Isroil 7 oktabr kungi hujumlarda 1200 isroillik halok bo'lganini va 5132 kishi jarohatlanganini e'lon qildi.

Isroilning G'azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida kamida 8 ming bola va 6 ming 200 ayol bo'lgan 18 ming 608 falastinlik halok bo'ldi.

Minglab qurbonlar vayronalar ostida qolgani xabar qilinar ekan, odamlar boshpana topgan kasalxonalar va ta’lim muassasalari nishonga olinib, fuqarolik infratuzilmasi vayron qilinmoqda.

G'azoda qurol bilan blokada ostida ko'chirilgan 1,9 million falastinlik boshpana, oziq-ovqat, toza suv, dori-darmon va sog'liqni saqlash xizmatlaridan mahrum bo'lib yashash uchun kurashmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar