Peskov G‘arbning Ukrainaga bergan yordamini baholadi

Peskov jurnalistlarga bergan bayonotida G‘arbning Ukrainaga bergan yordamini baholadi.

2075826
Peskov G‘arbning Ukrainaga bergan yordamini baholadi

Dmitriy Peskovning qayd etishicha, G‘arbning Ukrainaga ko‘rsatayotgan milliardlab dollarlik yordami jang maydonida Kiyevning g‘alaba qozonishiga yordam berolmaydi va buni hamma anglab yetishi lozim.

Peskov jurnalistlarga bergan bayonotida G‘arbning Ukrainaga bergan yordamini baholadi.

Rossiyaninhg Kiyevga bo‘lgan yordam jarayonini yaxshi tushunganini ifoda etgan Peskov:

“Hamma Ukrainaga kiritilgan o‘n milliardlab dollarlarning jang maydonida hech qanday g‘alabaga erishishiga yordam berolmasligini anglab yetishi muhim”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

G‘arbning Ukraina iqtisodiyotiga yuborishni istagan o‘n milliardlab dollarlarning ham bir xil natija berishiga e’tibor qaratgan Peskov, bularning hammasi jang maydonidagi holat bilan Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy amaliyoti yurishini o‘zgartira olmasligini ifoda etdi.

Peskov, shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden o‘rtasidagi uchrashuvni diqqat bilan kuzatib borishlarini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Dmitriy Peskov , #G‘arb

Aloqador xabarlar