Bugun G7 yetakchilari sammiti bo'lib o'tadi

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida G7 onlayn sammitiga mezbonlik qiladi, unga Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham taklif qilingan.

2073013
Bugun G7 yetakchilari sammiti bo'lib o'tadi

 

Bugun, 6 dekabr kuni iqtisodiyoti eng rivojlangan 7 ta davlat jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiyadan tashkil topgan G7 yetakchilari Yaponiyaning muddatli prezidenti mezbonligida to'planmoqda.

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida G7 onlayn sammitiga mezbonlik qiladi, unga Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham taklif qilingan.

Bu haqda Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xirokadzu Matsuno matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"6-sana oqshomida Bosh vazir Fumio Kisida G7 raisi sifatida “Katta yettilik” yetakchilari o‘rtasida onlayn muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Uchrashuv boshlanishida G7 yetakchilaridan tashqari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham ishtirok etadi", deydi u. 

Uning aytishicha, G7 yetakchilari “xalqaro hamjamiyat oldida turgan muhim masalalar”, jumladan, Ukraina, Yaqin Sharqdagi vaziyat va sun’iy intellekt bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Maslahatlashuvlar yopiq eshiklar ortida o‘tadi. Italiya 2024 yilgi G7 muddatga raislik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil G7'ga Yaponiya raislik qilmoqda. “Katta yettilik” sammiti may oyida Xirosimada bo‘lib o‘tgan va unda ham Zelenskiy ishtirok etgandi.


Tanlangan kalimalar: #G7

Aloqador xabarlar