Tanzaniyadagi suv toshqinlarida qurbonlar soni 68 nafarga yetdi

Sharqiy Afrikada oktyabr oyidan beri davom etayotgan yomg'irlar natijasida Somali, Efiopiya va Keniyada o'nlab odamlar hayotdan ko'z yumdi, minglab odamlar uylarini tark etishga majbur bo'ldi.

2072692
Tanzaniyadagi suv toshqinlarida qurbonlar soni 68 nafarga yetdi

 

Tanzaniyada kuchli yog'ingarchilik sababli yuzaga kelgan sel va ko'chkilarda hayotdan ko'z yumganlar soni 68 nafarga yetdi.

Manyara mintaqaviy komissari Sendiga, hafta oxirida mintaqada kuchli yomg'irlar natijasida yuzaga kelgan ko'chkida halok bo'lganlar soni ortgani haqida ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, suv toshqinlari va ko'chkilar oqibatida halok bo'lganlar soni 68 nafarga yetgan.

Mintaqadagi elektr infratuzilmasi, yo'l va uylarning jiddiy zarar ko'rganini qayd etgan Sendiga, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etganini bildirdi.

Sharqiy Afrikada oktyabr oyidan beri davom etayotgan yomg'irlar natijasida Somali, Efiopiya va Keniyada o'nlab odamlar hayotdan ko'z yumdi, minglab odamlar uylarini tark etishga majbur bo'ldi.


Tanlangan kalimalar: #Tanzaniya

Aloqador xabarlar