Stoltenberg:"Ukrainadan kelayotgan yomon xabarlarga tayyor turish kerak"

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bu haqda Germaniyaning ARD telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

2072034
Stoltenberg:"Ukrainadan kelayotgan yomon xabarlarga tayyor turish kerak"

 

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainadan kelayotgan yomon xabarlarga tayyor turish kerakligini aytdi.

Bu fikrni u Germaniyaning ARD telekanaliga bergan intervyusida bildirdi. 

“Biz yomon xabarlarga ham tayyor bo‘lishimiz kerak", dedi Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi.

Uning aytishicha, urushlar bosqichma-bosqich rivojlanadi. 

“Biz Ukrainani yaxshi va yomon kunlarda ham qo‘llab-quvvatlashimiz kerak”, deydi u.  

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytirish juda muhim. 

Shu bilan birga, u NATO davlatlari ularga bo‘lgan ortib borayotgan talabni qondira olmayotganini tan oldi. Bosh kotib fikricha, Ukraina og‘ir vaziyatda. Biroq, u Kiyevdagi qo‘mondonlik bunday vaziyatda qanday harakat qilishi kerakligi haqidagi savolga javob bermadi. 

“Men bu qiyin operativ qarorlarni ukrainaliklar va harbiy rahbarlarning ixtiyoriga qoldiraman. Menimcha, biz hal qilishimiz kerak bo‘lgan muammolardan biri – bu Yevropa mudofaa sanoatining parchalanishi",  deydi Stoltenberg. 

Jabhadagi vaziyatga to‘xtalgan Stoltenberg, so‘nggi bir necha oy ichida sezilarli taraqqiyot kuzatilmaganini ta’kidladi. U keyingi voqealar haqida taxmin yuritmadi.

“Urushlar haqida tabiatan oldindan aytib bo‘lmaydi. Ammo biz bilamizki, biz Ukrainani qanchalik ko‘p qo‘llab-quvvatlasak, urush shunchalik tez tugaydi”, deydi u.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #NATO

Aloqador xabarlar