Britaniya Bosh vaziri Sunak Gʻazodagi gumanitar inqirozga e’tibor qaratdi

Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak, Isroilning oʻzini - oʻzi himoya qilish huquqini qoʻllab -quvvatlashini yana bir bor ta’kidlab, Gʻazodagi gumanitar inqirozga e’tibor qaratdi.

2066574
Britaniya Bosh vaziri Sunak Gʻazodagi gumanitar inqirozga e’tibor qaratdi

Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak, Isroilning oʻzini - oʻzi himoya qilish huquqini qoʻllab -quvvatlashini yana bir bor ta’kidlab, Gʻazodagi gumanitar inqiroz haqida esa:

“Mintaqadagi vaziyat juda achinarli va tobora yomonlashib bormoqda. Gumanitar yordamlarning Gʻazoga hech qanday muammosiz yetib borishini ta’minlash va tinch aholi jihatidan toʻqnashuvlarning zudlik bilan toʻxtatilishi uchun chora koʻrishni davom ettirmoqdamiz”, - dedi.

Somali, Birlashgan Arab Amirliklari, Bill va Melinda Gates jamg‘armasi, Bolalar investitsiya jamg‘armasi va Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda tashkil etilgan Global oziq -ovqat xavfsizligi sammiti Londonda oʻz ishini boshladi.

Sammitning ochilishida soʻzga chiqqan Sunak, dunyoda qayd etilgan koʻplab toʻqnashuvlar toʻgʻridan - toʻgʻri aholining kambagʻal qatlamiga ta’sir qilishini ta’kidlab, Barqaror Taraqqiyot Maqsadlari yo‘lidagi hamkorlikning ahamiyatiga e’tibor qaratdi. Buyuk Britaniya Bosh vaziri:

“Bu ham bo‘lsa ocharchilik muammosini butunlay yo‘q qilish sa’y - harakatlarimizni ikki barobar oshirishdan boshlanadi. Bugungi kunda, ya’ni 2023 - yilda qariyb 1 milliard insonning yetarli darajada oziqlana olmayotgani, millionlab insonning ochlikka qarshi kurash olib borishi, 5 yoshgacha bo‘lgan 45 million yosh bolaning to‘yib ovqatlana olmasligining haqiqat ekaniga ishonish qiyin”. – dedi.

Sunak, falastinlik tinch aholini qo‘llab - quvvatlashlarini ikki barobarga oshirganliklari va Britaniyaning, Isroilning o‘zini - o‘zi himoya qilish huquqini qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor ta’kidlab:

“Ammo bu, xalqaro gumanitar huquq doirasida bo‘lishi zarur. Mintaqadagi vaziyat juda achinarli va tobora yomonlashib bormoqda. Gumanitar yordamlarning Gʻazoga hech qanday muammosiz yetib borishini ta’minlash va tinch aholi jihatidan toʻqnashuvlarning zudlik bilan toʻxtatilishi uchun chora koʻrishni davom ettirmoqdamiz. Chunki, gunohsiz insonlar tortgan azob – uqubat tugashi kerak”. – deya gapirdi.  

 



Aloqador xabarlar